Taxsee Driver bilimlar bazasi

Bu sahifada tez-tez beriladigan savollarga javoblar va ilova bilan ishlash bo‘yicha amaliy maslahatlar yig‘ilgan.

Ishning nozik jihatlarini o‘zlashtirish, mijozlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish, daromadingiz va reytingingizni qanday oshirishni o‘rganish uchun zarur bo‘limni oching.

Виртуальная карта (только для водителей России)

Виртуальная карта

Это аналог обычной банковской карты. Ее номер появляется в меню Taxsee Driver после первого заказа, который пассажир оплатит картой. Деньги со счета можно использовать сразу после активации карты.

Активация доступна после прохождения фотоконтроля в приложении Taxsee Driver, раздел «Профиль». Посмотрите xarita bilan ishlashni qisqacha o‘rgatish.

Активация

Карту нужно активировать, чтобы использовать деньги со счета. Для активации надо подтвердить номер телефона, который будет привязан к карте. По умолчанию используется номер из профиля.

Для подтверждения есть 1 попытка в сутки. Попробовать снова можно после 1:00 по московскому времени.

Личный кабинет водителя

В разделе «Счета и карты» выберите виртуальную карту и нажмите «Активировать». На номер телефона из профиля поступит СМС с кодом — введите его для подтверждения.

Если появилась ошибка, напишите ее текст в обращении: личный кабинет водителя → меню → «Счета и карты» → «Виртуальная карта» → «Помощь»

Запрос реквизитов

Доступ к реквизитам откроется сразу после привязки номера телефона.

В Taxsee Driver

Нажмите меню → «Деньги» → «Получить реквизиты» → «Получить реквизиты карты». После ввода кода из СМС, полные реквизиты карты появятся на экране.

В личном кабинете водителя

Зайдите в меню → «Счета и карты» → «Виртуальная карта» → «Запросить реквизиты».

На телефон, к которому привязана карта, в СМС будут отправлены:

  1. недостающие цифры номера карты;
  2. срок действия;
  3. CVV-код.

Покупки в интернете подтверждаются с помощью СМС, ПИН-код не требуется.

Подтверждение данных владельца

Подтвердите данные владельца в личном кабинете: меню → «Счета и карты» → «Виртуальная карта».

Заполните Ф. И. О., дату рождения, серию и номер паспорта. Статус подтверждения отобразится во вкладке «Виртуальная карта» личного кабинета. Обычно проверка занимает 1-2 дня.

После подтверждения можно переводить деньги на другие карты.

Нужен российский паспорт. Вводите только реальные данные: если информация о владельце неверна, перевод денег с карты невозможен.

Использование

Пользуйтесь картой как обычной:

  1. оплачивайте покупки в интернет-магазинах, ЖКХ и сотовую связь онлайн;
  2. привяжите к pay-сервису и платите в магазинах, AЗC со смартфона с функцией NFC. Посмотрите, как добавить карту в Google Pay или Apple Pay;
  3. переводите деньги на карты других банков мгновенно;
  4. оплачивайте заправку автомобиля через Taxsee Driver. Подробнее в разделе Заправка авто.

Ограничения на расходование денег

Лимит на траты до подтверждения данных — 15 000 рублей в месяц. Нельзя покупать в иностранных интернет-магазинах и переводить деньги на другие карты.

Лимит после подтверждения увеличится до 500 000 рублей в месяц. Ограничений на траты нет.

Можно использовать все деньги на карте. Нет неснижаемого остатка или «перерасхода», уйти в минус не получится.

Пополнение баланса

На баланс поступают деньги за заказы, оплаченные пассажиром со своей карты, еще его можно пополнить переводом из другого банка.

Детализацию расходов можно посмотреть в личном кабинете: меню → «Счета и карты» → «Виртуальная карта».

Обслуживание и комиссия

Обслуживание виртуальной карты бесплатно.

В приложениях «Тинькофф», «ВТБ» и «Альфа-Банк» деньги можно переводить без комиссии.

Комиссию для перевода на карту Сбербанка и других устанавливают банки.

Перевод на карту Сбербанка

Зайдите в приложение «Сбербанк Онлайн» → выберите карту банка → Пополнить карту. В поле «Списать со счета» нажмите «С карты другого банка». Укажите реквизиты виртуальной карты и сумму перевода.

Ошибка «Сторонний банк отклонил перевод» значит, что данные владельца карты не подтверждены.

Персональные данные не подтверждаются. Что делать

  • Проверьте, правильно ли указаны персональные данные. Помните, что нужна серия и номер российского паспорта.
  • Информация указана верно, но подтверждения нет.

    Проверьте ИНН soliq xizmati saytida: заполните сведения о физлице и отправьте запрос.

  • ИНН не найден.

    Скорее всего, в системе налоговой указаны старые паспортные данные. Пройдите havola orqali. В поле «Содержание обращения» скопируйте: «Мои сведения физического лица не найдены. Проверял свои данные на сайте https://service.nalog.ru/inn.do. Хочу актуализировать информацию».

    После обновления информации данные владельца будут подтверждены.

    Проверка данных подтверждает, что в системе зарегистрирован реальный человек, это не влияет на отслеживание доходов.

  • Данные обновлены, но подтверждения нет

    Оставьте обращение: личный кабинет водителя → меню → «Счета и карты» → «Виртуальная карта» → «Помощь». Подробно опишите проблему.

Нет доступа к номеру, к которому привязана карта

Напишите о проблеме в обращении: личный кабинет водителя → меню → «Счета и карты» → «Виртуальная карта» → «Помощь».

Вывод средств со счета

Для перевода денег с лицевого счета на банковскую карту нужно заполнить заявление на возврат предоплаты со счета:

  1. через приложение: Меню → Сервисы или Меню → Деньги → Счета и карты;
  2. через личный кабинет: Меню → Счета и карты.

Выберите нужный сервис, затем — «Возврат предоплаты со счета». В рабочие дни возврат производится в течение суток.

Водителям России возврат доступен после активации виртуальной карты и подтверждения личных данных. Подробнее.

Servislarga ulanish (faqat RF, Qozog‘iston va Ozarbayjon uchun)

Birlashuv — bu turli kompaniyalarda bitta login ostida ishlash imkoniyati. Endi har bir servisda ro‘yxatdan o‘tish va buyurtmalarni qayerda bajarishni tanlash kerak emas. Bittasining haydovchisiga aylansangiz, avtomatik tarzda boshqalaridan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz.

Haydovchi uchun plyuslar:

  • ko‘proq buyurtmalar;
  • ko‘proq hamyonbop tariflar;
  • bekor turish va bo‘sh qatnash kamroq;
  • o‘zi va mashinasi haqidagi ma’lumotlarni bir marta kiritish kerak;
  • barcha servislarda bitta ilovada ishlash mumkin.

Qanday ulanish mumkin?

  • Taxsee Driver orqali. “Servislar” bo‘limida keraklisini tanlash va o‘z avtomobilini ulash lozim.

Ulanish statuslari:

  • “Ulanish uchun ochiq” — avtomobilni servisga ulash mumkin;
  • “Ulanishni kutmoqda” — avtomobilni servisga ulash uchun so‘rov berilgan, ma’lumotlar menejer tomonidan tekshirilmoqda.
  • “Ulandi” — avtomobil servisga ulangan, buyurtmalarni bajarish mumkin.

Hisobni qanday to‘ldirish kerak?

  • Bank kartasi bilan. “Menyu” — “Hisobni to‘ldirish”ga o‘tish, zarur servisni va summani tanlash zarur.
  • Shaxsiy hisob raqami bo‘yicha. Uni bilish uchun, “Menyu” — “Servislar”ga o‘tib, sizni qiziqtirgan servis sahifasini ochish kerak. To‘lov terminallarida yoki SberbankOnlaynda to‘ldirish mumkin.

Buyurtma uchun qancha komissiya yechib olinadi?

  • Har bir servisning buyurtmalar uchun o‘z komissiyasi belgilangan, u shaxsiy hisobdan yechib olinadi. Batafsil ma’lumotlarni servisga murojaat qilib bilish mumkin.

Ilovada avtomobil holati va avtomobilni o‘zgartirish

Avtomobilning texnik holati, kuzovi va saloni safar chog‘ida yo‘lovchilar uchun maksimal qulaylikni va xavfsizlikni ta’minlashi kerak. Yorug‘lik uskunalari, xavfsizlik kamarlari va eshik qulflarining mexanizmlari soz bo‘lishi kerak.

Esda tuting, mijoz avtomobilingiz holatidan norozi bo‘lsa, salbiy fikr qoldirishi mumkin.

Siz buyurtmalarni bajaradigan avtomobilni Taxsee Driver yordamida o‘zgartirish mumkin. Buning uchun profilda mashinani bo‘sh mashinalar ro‘yxatidan tanlash kerak.

Ushbu ro‘yxatga uch xil usulda avtomobil qo‘shish mumkin.

  1. Ilova menyusida “Profilni ko‘rsatish” → “Avtomobil” → “Avtomobil qo‘shish”ni tanlang. Kataklarni to‘ldiring va “Yaratish”ni bosing.
  2. Shaxsiy kabinetda, “Profil” bo‘limida, “Avtomobil yaratish”ni tanlang.
  3. Shaxsiy kabinetda, “Bog‘lanish” bo‘limida, tegishli mavzuni va xabar turini ko‘rsating. Avtomobilning markasi, davraqami, rangi va chiqarilgan sanasini yozing.

Taxsee Driver’ga fotonazorat haqida bildirishnoma keladi.

Mashinani ro‘yxatdan o‘chirishning ikki usuli bor:

  1. Shaxsiy kabinetdagi “Profil” bo‘limida zarur avto qarshisidagi belgichasiga bosing.
  2. Ilova menyusida “Profilni ko‘rsatish”ga bosing. “Avtomobil” bo‘limida keraklisini tanlab, “x”ni bosing.

Подробнее показано в обучении.

Заправка авто

Оплатить заправку автомобиля виртуальной картой можно двумя способами:

  1. С помощью функции NFC, привязав карту к pay-сервису.
  2. С помощью функции в Taxsee Driver:
    • зайдите в меню приложения, нажмите «Деньги», а затем ― «Заправить автомобиль»;
    • выберите заправку, колонку, тип топлива и объем (или сумму денег);
    • вставьте пистолет в бак.

После заправки деньги спишутся с виртуальной карты.

Подробнее показано на видео

Muloqot

Mijoz avtomobilga o‘tirganidan keyin u bilan salomlashib, safar yo‘nalishini aniqlashtiring. Shundan so‘ng “Ketdik” tugmasini bosing va harakatni boshlang.

Mijozni suhbatga majburlab jalb qilmang. Yo‘lovchining o‘zi birinchi gap boshlasa, suhbatni davom ettiring, xushmuomala bo‘ling.

Janjalkash mijozlar bilan muloqotda sabrli bo‘ling, bosiqlikni saqlang, murosa qilishga intiling.

Safar tugaganidan keyin mijoz uni baholashi mumkin. Yaxshi baho ko‘p jihatdan sizning muomala va odobingizga bog‘liq.

Buyurtmalar taqsimlanishi

Buyurtmalar tizim tomonidan avtomatik tarzda, menejerlar va operatorlar ishtirokisiz taqsimlanadi.

Buyurtmalarni AUTO, taklif orqali yoki so‘rov bo‘yicha olish mumkin. Tizim mos haydovchini ko‘plab omillar bo‘yicha aniqlaydi. Shu jumladan:

  • haydovchi va avtomobil yetkaziladigan manzil o‘rtasidagi masofa;

  • imtiyoz mavjudligi;

  • status: bo‘sh haydovchi buyurtmani bajarayotgan haydovchidan ko‘ra ustunlikka ega bo‘ladi;

  • reyting;

  • mashina sinfi va holati: avtomobil qanchalik yaxshi bo‘lsa, shunchalik katta ustunlik bo‘ladi;

  • avtoning yo‘lovchi istagiga mosligi: masalan, mijoz buyurtmada konditsionerli mashinani talab qilgan bo‘lsa, tizim shunday mashinani qidiradi.

Tashkilot avtomobilning tez yetkazilishini va yuqori darajada xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashga intiladi. Imtiyozga ega bo‘lish, reytingni oshirish va mashina holatini yaxshilash orqali buyurtmalar taqsimlanishiga ta’sir qilish mumkin.

Buyurtmaning avtomatik tayinlanishi

Yoniq avtomatik tayinlov rejimida sizga eng yaqin buyurtmalarni avtomatik tarzda olasiz. Ular yaqin joyda joylashadi va mijozning qo‘shimcha istaklarini o‘z ichiga olmaydi. Bunday buyurtmalarni bajarish orqali, siz yoqilg‘ini va vaqtni tejaysiz, bo‘sh yurish vaqtini kamaytirasiz.

Bunday buyurtmalar bo‘yicha komissiya, odatda, eng past.

Avtotayinlov rejimi yoqildi: , o‘chirildi:

Avtotayinlov filtrini o‘z istagingizga ko‘ra sozlang: siz xohlagan hududdagi yakuniy manzillar, minimal narx, to‘lov uslubi, safarning maksimal masofasi.

Bir nechta filtrlarni yaratib, istalgan vaqtda keraklisini yoqing. Avtotayinlov bo‘yicha foydali buyurtmalarni oling.

Filtrni qanday sozlashni videoda ko‘ring.

Buyurtma haqida taklif

Tizim sizga eng yaqin buyurtmalarni taklif qilishi mumkin, shuning uchun ularni ro‘yxatdan tanlash shart emas. Buyurtmalar AUTO yoqilgan-yoqilmaganidan qat’i nazar taklif qilinadi.

Bunday buyurtmalar bo‘yicha komissiya, odatda, pastroq. Taklif orqali yuborilgan so‘rovlar mustaqil tanlangan buyurtmalarnikiga qaraganda imtiyozliroq.

Oldindan buyurtmalar

Ma’lum bir vaqt uchun buyurtmalar “Oldindan buyurtmalar” sahifasida turadi. Siz tanlangan buyurtma uchun so‘rov yuborishingiz va tayinlov haqidagi bildirishnomani kutishingiz mumkin. Tayinlangan oldindan buyurtmalarni “Mening oldindan buyurtmalarim” sahifasida ko‘rish mumkin.

Belgilangan vaqtga oz qolganida mijoz uchun yo‘lga chiqish kerakligi yoki buyurtmadan voz kechish kerakligi haqida xabar keladi. Agar siz xabarni e’tiborsiz qoldirsangiz, sizga avtoinformator qo‘ng‘iroq qilib, qaytadan taklif qiladi. Agar avtoinformator qo‘ng‘iroq qilib tusha olmasa yoki qo‘ng‘iroqdan keyin hech qanday harakat amalga oshirilmasa, buyurtma 2 daqiqadan so‘ng avtomatik tarzda sizdan olib qo‘yiladi.

Agar siz oldindan buyurtmadan voz kechishga majbur bo‘lsangiz, buni mijoz tomonidan belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin amalga oshiring. Aks holda buyurtmaga boshqa haydovchi tayinlanishga ulgurmaydi, bu mijozning salbiy munosabatiga, reytingning pasayishiga va qoidabuzarlikka sabab bo‘ladi.

Bunday buyurtmalar uchun komissiya, odatda, joriy vaqt uchun so‘ralgan buyurtmanikidan kamroq.

Zanjir ko‘rinishida bajarish

Siz buyurtmalarni ketma-ket bajarishingiz mumkin. Yo‘lovchi bilan safar chog‘ida sizga boshlang‘ich manzili siz bajarayotgan buyurtmaning yakuniy manziliga yaqin bo‘lgan navbatdagi buyurtma taklif qilinishi mumkin. Agar buyurtmalarni zanjirli tarzda bajarishga tayyor bo‘lsangiz, “Tasdiqlash”ni bosing. Tayinlovni joriy safar tugagunicha har 5 daqiqada tasdiqlab turish kerak.

Siz “Zanjir” uchun navbatdagi buyurtmani mustaqil tanlashingiz mumkin. Agar buyurtma tayinlanganidan keyin 15 daqiqa ichida bajarilishni boshlamasa, u avtomatik tarzda bekor qilinadi.

“Buyurtmalar zanjiri” buyurtmalar oralig‘idagi bekor to‘xtab turishlarni maksimal darajada qisqartirishga, demak daromadni ko‘paytirishga yordam beradi.

Buyurtmalar bilan ishlash

Eng ko‘p sonli buyurtmalar tig‘iz vaqtlarda (6:00—9:00 va 16:00—20:00) kelib tushadi. Buyurtmalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, daromad ham shunchalik ko‘p bo‘ladi.

“Manzilda”, “Ketdik”, “Yakunlash” statuslarini o‘z vaqtida o‘zgartiring.

Avtomobil yetkaziladigan joyga yetib kelganingizdan keyingina “Manzilda” tugmasini bosing. Mijozni barvaqt xabardor qilish nizoni keltirib chiqarishi mumkin, chunki mijozlar ko‘pincha buyurtma uchun tayinlangan avtomobil harakatini xaritada kuzatadi.

Mijoz avtomobilga o‘tirganida u bilan salomlashing va safar tafsilotlarini aniqlashtiring. Buyurtmada to‘g‘ri manzillar ko‘rsatilganiga ishonch hosil qiling. Agar xatolik bo‘lsa, yo‘lovchini narx o‘zgarishi haqida ogohlantiring va ilovada buyurtmani tuzating. Shundan keyin “Ketdik”ni bosing va harakatlanishni boshlang.

Yo‘lovchini yakuniy manzilgacha yetkazib, to‘lovni olganingizdan keyin, “Yakunlash” tugmasini bosing. Buyurtmani undan oldin yopmang: bu yo‘lovchi safarni davom ettirishni so‘rab qolgan taqdirda, kelishmovchiliklar oldini oladi.

Agar qandaydir sabab bilan, masalan, avtomobilni sotishda, reklamani olib tashlashni istasangiz, ofis xodimlariga xabar bering, ular buni qanday qilishni aytadi.

Boshlang‘ich manzili aniq ko‘rsatilmagan buyurtmalar “Rasmiylashtirilmagan” hisoblanadi. Ularni bajarishdan oldin mijoz bilan bog‘lanib, uning joylashgan joyini aniqlashtiring va yo‘nalish redaktorida boshlang‘ich manzilni ko‘rsating.

Mijoz avtomatik javob berish qurilmasida yo‘nalish haqida ma’lumot qoldirib, “Rasmiylashtirilmagan” buyurtmani yaratishi mumkin. Eshitib ko‘ring va bu ma’lumotni yo‘nalish redaktoriga kiriting.

Agar boshlang‘ich manzildan uzoqda bo‘lsangiz, mijozga qo‘ng‘iroq qilib, yo‘lga chiqqaningizni ayting va boshlang‘ich manzilni aniqlashtiring. Bog‘lanish bepul. Suhbatni quyidagicha boshlash mumkin: “Assalomu alaykum, “Maxim” taksi buyurtma qilish xizmati haydovchisiman. Men buyurtma uchun yo‘lga chiqdim. Siz {mashina yetkazish manzili} damisiz? Biroz kutishga tayyormisiz?”

Mijoz uning buyurtmasi bajarilishiga ishonchi komil bo‘ladi, demak bekor qilish va bo‘sh qatnash ehtimoli kamroq bo‘ladi.

Yopilgan buyurtmani bajarishni davom ettirish

Agar buyurtma xatolik tufayli bekor qilingan bo‘lsa, yoki u yakunlanganidan keyin mijoz yo‘lni davom ettirishga qaror qilgan bo‘lsa, buyurtmani qayta tiklash mumkin.

Buyurtmalar → Mening yakunlangan buyurtmalarim → Keraklisini tanlang → Harakatlar → Bajarishni davom ettirishni bosing. Tizim mijozni olib ketish kerak bo‘lgan manzildan buyurtma yaratadi.

Safar yo‘nalishini aniqlashtiring, zarur bo‘lsa o‘zgartirishlar kiriting va buyurtmani bajaring.

Kutish

Joriy vaqt uchun buyurtmani bajarishda bepul kutish taymeri mijoz sizning boshlang‘ich manzilga yetib kelganingiz haqida xabardor qilinganidan keyin ishga tushiriladi.

Oldindan buyurtmani bajarishda bepul kutish mijoz xabardor qilinganidan keyin va u belgilagan vaqt yetib kelganidan keyin boshlanadi.

Pulli kutish vaqtini to‘g‘ri hisoblash uchun “Kutishni boshlash” funksiyasidan foydalaning.

Agar mijoz kutish vaqti uchun pul to‘lashdan bosh tortsa, unga yon bosing. Nizoli vaziyatni yuzaga keltirmang.

Ustama haqlari

Ustama belgilari bilan buyurtmaga qo‘shimchalar belgilanadi. Ustama haqining nomi va summasini ko‘rish uchun belgini bosing.

Mijoz yuk yoki jonivor bilan chiqsa, ammo ustama haqi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yo‘lovchi bilan ustama haqi qo‘shilishini kelishib oling va buyurtmani o‘zgartiring. Operatorga murojaat reytingni pasaytiradi.

Agar mijoz ustama haqi to‘lashdan bosh tortsa, yon bosing, nizoli vaziyatlarni keltirib chiqarmang.

Mashinada bolalar kreslosi, dvigatelni ishga tushirish uchun simlar va arqon bo‘lishini tavsiya etamiz — shunda siz ko‘proq buyurtmalarni bajarasiz va ko‘proq pul ishlab topasiz.

7 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan

YHQga muvofiq, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni avtokresloda tashish kerak.

Yuk bilan

Yo‘lovchining avtomobilni boshqarishga xalal bermaydigan qo‘l yuki (paketlar, o‘rtacha kattalikdagi quti, kichik jomadon va hokazo) bagaj hisoblanmaydi.

Agar mijoz qo‘ltiqtayoq, nogironlar aravachasi va boshqa ortopedik moslamalar bilan mashinaga chiqsa, odob-axloq yuzasidan ularni “Yuk” deb ko‘rsatmang.

Katta hajmli yuk

Katta hajmli yukni (stul, chang‘i, kir yuvish mashinasi va hk.) yengil avtoda tashish. Buyurtmaga chiqishdan avval mijozdan yuk o‘lchamlarini aniqlashtirishni maslahat beramiz.

Hayvon bilan

Qo‘lga sig‘adigan kattalikdagi jonivorni tashishda ustama haqini ko‘rsatish shart emas.

Mijozga yordam

Buyurtmada yordam turi haqidagi ma’lumot ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mijoz bilan ilova orqali bog‘laning va aniqlashtiring.

Agar mijoz nimadir sotib olishni so‘rasa, undan pul olishni, xaridni amalga oshirib, zarur manzilga yetkazishni tavsiya qilamiz. Narxni tasdiqlovchi chekni oling.

Dvigatelning akkumulyatordan yoki shatakdan ishga tushirilishi

Ishga tushirish uchun sim yoki arqon bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumot ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mijoz bilan bog‘laning va aniqlashtiring.

Dvigatelni ishga tushirib bo‘lmasa ham, mijoz buyurtma haqini to‘laydi.

Kutish daqiqalarda

Vaqtni to‘g‘ri hisoblash uchun “Harakatlar” sahifasidagi “Kutishni boshlash”ni bosing. Ikonkada pulli daqiqalar miqdori aks etadi, ularning narxi buyurtma qiymatiga kiritiladi.

Avtomobilning shatakka olinishi, km

Avtomobil markasi va arqonning bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumot ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mijoz bilan bog‘laning va aniqlashtiring.

Mijozning qarzi

Qarzning bir qismi buyurtma narxiga qo‘shilgan. Safar oxirida u balansdan yechib olinadi va mijoz qarzdor bo‘lgan haydovchining hisobiga o‘tkaziladi.

Sheriklarga keshbek (summa)

Servisning sherigiga (restoran, sauna, do‘kon va boshqalarga) buyurtma yaratganligi uchun mukofot puli. Keshbek safar narxining 10 foizini tashkil etadi. Bunday buyurtmalar oddiylaridan manfaatliroq: ularning narxi oldindan 15 foizga oshirilgan bo‘ladi.

Buyurtmaning bajarilishi reytingni oshiradi

Servisning imtiyozli buyurtmalari, ularni bajarish reytingga ijobiy ta’sir qiladi.

Doimiy buyurtmachi

Doimiy mijozlarning buyurtmalari. Bunday buyurtmaning bekor qilinish ehtimoli juda kam.

Narx (summa) ga oshirildi

Mashina tezkorlik bilan yetkazilganligi uchun qo‘shimcha to‘lov. Agar mashina yetkaziladigan manzilga tez yetib bora olsangiz, buyurtmani olishni tavsiya qilamiz.

E’lonli taxtacha bilan kutib olish

Mijozni uning ism-sharifi yozilgan e’lonli taxtacha bilan kutib olish kerak. Taxtachani o‘zingiz yasashingiz kerak.

Qaytim (summa) dan

Mijozlar ko‘pincha yirik kupyuradan qaytim berishni so‘raydi. Smenaga mayda pul bilan chiqishni maslahat beramiz. Naqd pul yetmay qolsa, qoldiqni shaxsiy hisobdan o‘tkazish mumkin.

Choy puli

Buyurtma narxi choy puli miqdorida oshirildi.

Narx taklif qilish

Siz tavsiya qilingan narxni tanlashingiz yoki o‘z narxingizni taklif qilishingiz mumkin. Oqilona narxni ko‘rsating, chunki narxni asossiz ko‘tarish yo‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Agar yo‘lovchi taklif etilgan narxga rozi bo‘lsa — albatta buyurtmani bajaring.

Operator orqali buyurtma

Operator orqali yaratilgan buyurtmalar mijozlar uchun qimmatroq — ularning narxi oshirilgan.

Bu summa sizning daromadingiz emas va u aloqa markazi foydasiga shaxsiy hisobingiz balansidan yechib olinadi. Balansni musbat saqlab turish uchun buyurtmalarni naqdsiz to‘lov bilan amalga oshiring va shaxsiy hisobni oldindan to‘ldiring.

Pul mablag‘lari harakati haqidagi batafsil ma’lumotni haydovchining shaxsiy kabinetida ko‘rish mumkin: “Ko‘mak” bo‘limi — Haydovchining shaxsiy kabineti — Hisob bo‘yicha harakatlar.

Korporativ mijoz. Naqdsiz to‘lov kafolati

Servis bilan xodimlarni yoki mijozlarni korporativ tashishlar haqida shartnoma tuzgan tashkilotlardan buyurtmalar. Bunday buyurtmalar uchun pul shaxsiy hisobga tushadi. Yo‘lovchi to‘lash usulini o‘zgartira olmaydi, chunki safarlar uchun shartnoma bo‘yicha oldindan to‘lov kiritilgan.

Reys/poyezd raqami

Oldindan buyurtmada reys raqami ko‘rsatilishi mumkin:

Samolyot qo‘ngunicha aloqa bo‘lmasligi mumkin, shu sababli buyurtmachi sizni aniq uchrashuv vaqti haqida xabardor qila olmaydi.

Uchib kelish vaqti haqidagi ma’lumotni aeroportlar onlayn-tablolari bo‘lgan saytlarda ko‘rish mumkin. Masalan, brauzerning qidiruv satriga “Moskva SU123 uchib kelish tablosi” deb yozing.

Samolyotning yetib kelish vaqti uzoq vaqtga cho‘zilib ketsa, buyurtmadan bosh tortishingiz mumkin, bunda reyting pasaymaydi.

Muhim! Reys kechiksa, yo‘lovchilar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan kutish vaqti uchun to‘lashi kerak emas. Pulli kutishni samolyot yetib kelganidan keyin yo‘lovchi bilan kelishgan holda mustaqil ravishda qo‘shish mumkin.

“Poyezd raqami” ustamasi shunga o‘xshash tarzda ishlaydi. Buyurtmada quyidagicha belgi aks etadi:

Yo‘nalishni o‘zgartirish

Safar chog‘ida mijoz qayergadir kirib-chiqishni yoki so‘nggi manzilni o‘zgartirishni so‘rashi mumkin. Narxni to‘g‘ri hisoblash uchun o‘zgartirishlarni o‘zingiz yo‘nalish redaktori yordamida kiriting. Operatorga murojaat qilish reytingni pasaytiradi.

Safarlar to‘lovi

Safar taksi buyurtma qilish xizmati, haydovchi va mijoz o‘rtasidagi kelishuv asosida amalga oshiriladi. Shu sababli safar narxi barcha ishtirokchilarga ma’lum bo‘lishi kerak.

Buyurtmani yakunlashda mijoz safar uchun to‘lagan summaning barchasini ko‘rsating — shu tariqa siz salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaysiz.

Agar mijoz avtomobil salonida buyumlarini qoldirgan bo‘lsa, ularni qaytarishga harakat qiling. Buning uchun “Buyurtmalar” sahifasidagi “Men bajargan buyurtmalar” bandidan foydalanib, mijozga qo‘ng‘iroq qiling.

Mijozning safar narxini to‘liq to‘lashga puli yetmasa va bu mablag‘ katta bo‘lmasa, buyurtmani to‘liq narxi bilan yoping. Nizoli vaziyatlarni keltirib chiqarmang.

Reyting

Reyting — ishingizning sifat ko‘rsatkichi. U haydovchilar o‘rtasida buyurtmalar taqsimlanishiga va daromadingizga ta’sir qiladi. Reyting qanchalik baland bo‘lsa, sizga shunchalik ko‘p buyurtmalar beriladi.

Reytingda maksimal baho — 0,99 ball.

Reyting har kuni hisoblab chiqiladi. Reytingga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatgan 30 dan 100 tagacha buyurtma hisobga olinadi:

  1. 30 tadan kam bo‘lsa, reyting hisoblanmaydi;
  2. 30 tadan ko‘p, ammo 100 tadan kam bo‘lsa — hammasi hisobga olinadi;
  3. agar 100 dan ko‘p bo‘lsa, reytingni keyingi safar qayta hisoblashda, yangi buyurtmalar hisobdan shuncha miqdordagi eskilarini “siqib chiqaradi”.

Reytingga quyidagilar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:

  1. bajarilgan buyurtmalarning umumiy miqdori. Ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, reyting shunchalik yuqori bo‘ladi;
  2. avtomatik tayinlangan va bajarilgan buyurtmalar;
  3. operatorga murojaat qilinmasdan bajarilgan buyurtmalar;
  4. 6:00 dan 9:00 gacha va 16:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan tig‘iz vaqtlarda bajarilgan buyurtmalar;
  5. bajarilgan oldindan buyurtmalar;
  6. bajarilgan buyurtmalar yulduzcha bilan belgilangan.

Reytingga quyidagilar salbiy ta’sir ko‘rsatadi:

  1. avtomatik belgilangan buyurtmalarni rad etish;
  2. oldindan buyurtmalarni belgilangan vaqtdan 20 daqiqadan kamroq vaqt oldin rad etish;
  3. so‘rov bo‘yicha ro‘yxatdan yoki ilova orqali tayinlangan buyurtmalardan bosh tortishlar;
  4. operator bilan aloqa. Taxsee Driver masalalarni operatorga murojaat qilmasdan hal qilish imkonini beradi;
  5. mijozlarga sifatsiz xizmatlarni ko‘rsatish. Buyurtma yakunlangach, mijozga safarni baholash taklif etiladi. Salbiy baholar reytingga salbiy ta’sir qiladi;
  6. xizmatning ishlash qoidalarini buzish.

Reyting avtomatik hisoblaniladi, taksi buyurtma qilish xizmati xodimlari ishtirokisiz. Reytingga faqat buyurtmalarni sifatli bajarish orqali ta’sir ko‘rsatishingiz mumkin.

O‘z reytingingizni reyting hisoblagich yordamida hisoblab ko‘rishingiz mumkin.driver.taxsee.com saytida haydovchining shaxsiy kabinetida bor

Shubhali buyurtma

Ba’zan firibgarlar aldov yo‘li bilan haydovchilardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ladi.

Firibgarlarni tanib olish mumkin, ular:

  1. shaxsiy telefon raqamingizni so‘raydi;
  2. telefon balansini to‘ldirishni so‘raydi;
  3. kimgadir pul olib borib berishni yoki boshqa shaxslardan pul olishbi so‘raydi;
  4. karta raqami bo‘yicha to‘lov o‘tkazishda narigi tomondan SMSdan tasdiqlash kodini, CVV-kodni so‘raydi.

Shubha paydo bo‘lsa, zudlik bilan ofisga yoki operatorga xabar bering. Jinoyatga aralashib qolmaslik uchun, mijozlarga o‘z telefon raqamingizni bermang.

Pul tashish jinoyatni amalga oshirishda sheriklik deb baholanadi va jinoiy javobgarlikka olib boradi.

Fotonazorat

Bu avtomobil holatini va haydovchining hujjatlarini masofadan turib tekshirish. Fotonazorat haqidagi bildirishnoma Taxsee Driver’ga kelib tushadi.

Fotonazoratdan o‘z vaqtida o‘tishni tavsiya qilamiz. Agar sana o‘tib ketsa, komissiya oshiriladi va imtiyoz o‘chiriladi. Ilovada quyidagilar mumkin bo‘lmaydi:

  • mijoz qaytimini va oldindan to‘lovni hisobdan kartaga o‘tkazish;

  • “Komfort” va “Biznes” tariflarida buyurtmalarni bajarish.

Rossiyalik haydovchilar virtual kartani faollashtira olmaydi.

Fotonazorat bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, “Fikr bildirish” orqali murojaat qoldiring.

Qanday fotosuratlar kerak:

  • Portret surat. Hujjatlar uchun suratga tushgandek, qora ko‘zoynaksiz va bosh kiyimsiz tushing.

  • Avtomobil. Mashinaning old va orqa qismlarini, chap va o‘ng bortlarini alohida shunday suratga tushiringki, ular kadrda to‘liq ko‘rinsin. Davlat raqamlari va reklama materiallari (agar bo‘lsa) aniq ko‘rinib turishi kerak.

  • Hujjatlar. Ma’lumotlar oson o‘qilishi va kadrga to‘liq tushishi kerak.

Fotonazorat bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, “Fikr bildirish” orqali murojaat qoldiring.

Unutib qoldirilgan buyumlar

Safarni yakunlashdan oldin yo‘lovchiga buyumlarini unutmaganini tekshirib ko‘rishni maslahat bering, salonni ko‘zdan kechiring.

Unutilgan buyumlarni qaytarish uchun bir kecha-kunduz ichida mijozga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: “Buyurtmalar” sahifasi → “Mening yakunlangan buyurtmalarim” → kerakli safar → “Harakatlar”.

Mijoz javob bermasa yoki 24 soat o‘tsa, buyumlarni politsiyaga olib borishni tavsiya etamiz.

Qaytimni o‘tkazish

Ushbu funksiya yordamida yoningizda naqd pul bo‘lmasa, qaytimni o‘z loginingiz balansidan o‘tkazish mumkin. Buyurtma yakunlangach, mijoz to‘lagan butun summani ko‘rsating. Ochilgan oynada “Yo‘lovchiga qaytimni o‘tkazish”ni tanlang. Bunday o‘tkazma vaqtni tejab, safar uchun yaxshi baho olishda yordam beradi.

Agar mijoz avvalgi safarlari uchun qarzini uzishni istasa, ushbu funksiya yordamida u yopmoqchi bo‘lgan summaga teng miqdorni unga o‘tkazing. O‘tkazilgan pul mablag‘lari mijozning qarzini qisman yoki to‘liq yopadi.

Favqulodda holatlarda birinchi yordam

Safar chog‘ida mijoz o‘zini yomon his qilishi mumkin. Uni yaqin oradagi kasalxonaga olib boring yoki tez yordam avtomobilini kuting.

Buyurtma vaqtida mijozning tutqanog‘i tutib qolsa, quyidagicha yo‘l tuting:

  1. Avtomobilni to‘xtating;
  2. Yo‘lovchining tomog‘iga so‘lagi yoki qusug‘i tiqilib qolmasligi uchun, uni yon tomoniga yotqizing (mijozning og‘ziga hech narsa solmang!);
  3. Tutqanoq o‘tib ketishini kuting.

Agar tutqanoq 4—5 daqiqadan ko‘proq davom etsa, tez yordamga qo‘ng‘iroq qiling.

Haydash

Buyurtmani bajarishda avtomobilni ehtiyotkorlik bilan boshqaring. Tezlik rejimiga rioya qiling.

Hattoki mijoz ehtimoliy jarimani to‘lashga tayyor bo‘lsa ham, Yo‘l harakati qoidalarini buzmang.

Yo‘l harakati ishtirokchilarining barchasiga nisbatan sabr va hurmat bilan munosabatda bo‘ling.

Balans

Shaxsiy hisobdagi balans siz so‘rashingiz mumkin bo‘lgan naqd hisob-kitobli buyurtmaning maksimal narxiga ta’sir qiladi.

Musbat balansni saqlab turing va hisobni har qanday qulay usul bilan o‘z vaqtida to‘ldiring:

  1. ilovada bank kartasidan: Taxsee Driver → Pullar → Blansni to‘ldirish. Summani ko‘rsating va “To‘ldirish”ni bosing;
  2. to‘lov terminallarida. Manzilni ilovada ko‘rish mumkin: Taxsee Driver → Chatlar → Sheriklardan takliflar → Hisobni to‘ldirish.

Shaxsiy hisob raqami “Servislar” va “Hisoblar va kartalar” bo‘limlarida ko‘rsatilgan.

Agar hisobingizdagi pul naqd hisob-kitobli buyurtmaga so‘rov berish uchun yetarli bo‘lmasa, to‘lov turi “Hisobga” bo‘lgan buyurtmalarni bajarish mumkin — shu tariqa siz balansingizni to‘ldirasiz.

Для водителей России действует автопополнение. Деньги списываются с виртуальной карты, если общий баланс всех сервисов меньше 100 рублей. Это удобно: не нужно следить за счетами организаций и искать терминалы.

Promokodlar

Taxsee Driver ilovasidagi haydovchi profilida 2 ta promokod bo‘lishi mumkin:

  1. Mijozlarni jalb qilish uchun;

    Uni yo‘lovchilar, do‘stlaringiz yoki tanishlaringiz bilan bo‘lishing. Buyurtma uchun ilovada promokodni faollashtirgan har bir yangi foydalanuvchi zarur shartlarni bajarsa, safarlar uchun mukofot pullarini qo‘lga kiritadi, siz aksiya shartlarida ko‘rsatilgan mukofotni qo‘lga kiritasiz.

  2. Haydovchilarni jalb qilish uchun.

    Uni potensial haydovchi bilan bo‘lishing. U saytda ro‘yxatdan o‘tishda anketada promokodni ko‘rsatishi mumkin.

    Agar haydovchi sizning promokodingizdan foydalanib ro‘yxatdan o‘tsa va zarur shartlarni bajarsa, shaxsiy hisobingizga mukofot olasiz.

Bolalar kreslosi

7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ularning yoshiga va vazniga mos bo‘lgan tutib turuvchi moslamada tashish mumkin:

  • 9 oylikdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — o‘z xavfsizlik kamariga ega bo‘lgan avtokreslo,
  • 3 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — o‘z xavfsizlik kamariga ega bo‘lmagan avtokreslo.

Buster bo‘yi 135 santimetrdan baland bo‘lgan bolalar uchun qo‘llanilishi mumkin.

7 yoshdan katta bolalarni old o‘rindiqda bolalarni tutib turish moslamasi bilan yoki orqa o‘rindiqda xavfsizlik kamari va maxsus adapter yordamida tashishga ruxsat etiladi.

Buyurtmalarga so‘rov berishda ustama haqi ikonkalarini diqqat bilan tekshiring. Agar bolalarni tutib turish moslamasi bo‘lmasa, “7 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan” ikonkali buyurtmaga so‘rov bermang. Agar avtokreslo o‘rnatilgan bo‘lsa, ammo mijoz unga farzandini o‘tqizishni istamasa, buyurtmani bekor qiling, bolani xavf ostiga qo‘ymang.

Avtomobildagi reklama

Servis reklamasi tushirilgan avtomobillardagi haydovchilarga pasaytirilgan komissiya qo‘llaniladi va ular imtiyozga ega — buyurtmalarni birinchilardan bo‘lib oladi.

To‘liq reklama yopishtirish barcha buyurtmalar uchun imtiyoz va eng past komissiya taqdim etadi. Reklama eshiklarga, orqa oynaga va kapotga yopishtiriladi. Zanglagan joylari bo‘lmagan, shpaklyovka qilinmagan, elementlari boshqa rangga bo‘yalmagan avtomobil to‘g‘ri keladi. Bamperlar, eshik tutqichlari va oynalar soz bo‘lishi kerak. Reklama yuqori sifatli plyonkaga tushiriladi va mashinaning lak-bo‘yoq qoplamasiga zarar yetkazmaydi.

Faqat orqa oynadagi reklama pasaytirilgan komissiyaga asos bo‘ladi. Yaxshi holatdagi, kuzovda shikastlanishlar bo‘lmagan avtomobil to‘g‘ri keladi.

Yopishtiriladigan reklama uchun talabnomani shaxsiy kabinetda, “Avtomobildagi reklama” bo‘limida qoldirish mumkin. Yo‘lovchilar reklama tushirilgan avtomobilga ko‘proq ishonch bilan o‘tiradi va bunday mashinalar oqim ichida ko‘zga tashlanib turadi.

Agar qandaydir sababga ko‘ra reklamani olib tashlamoqchi bo‘lsangiz, masalan, avtomobilni sotishda, ofis xodimlarini ogohlantiring, ular buni qanday qilishni tushuntiradi. Reklamani uzrli sababsiz belgilangan muddatdan oldin olib tashlash jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.

Imtiyoz taqdim etish shartlari va komissiya miqdori hududga qarab o‘zgarishi mumkin.

Imtiyoz

Tizim birinchi navbatda imtiyozli haydovchilardan tushgan so‘rovlarni ko‘rib chiqadi.

Imtiyoz qo‘pol qoidabuzarliklar qilmagan va avtomobildagi reklama joylashtirgan haydovchilarga taqdim etiladi. Yopishtiriladigan reklama uchun talabnomani shaxsiy kabinetda, “Avtomobildagi reklama” bo‘limida qoldirish mumkin.

Yopishtiriladigan reklamasiz ham afzallikka ega bo‘lish mumkin. Buning uchun testli imtiyozni olish kerak. U bir marta beriladi va 7 kun amal qiladi. Murojaatni quyida qoldiring — Taxsee Driver: Ko‘mak → Bog‘lanish→ Ma’muriyat uchun xabar.

Imtiyoz faqat uni taqdim etgan servis buyurtmalari uchun amal qiladi. Taqdim etish shartlari hududga qarab o‘zgarishi mumkin.

Komissiya

Har bir servis komissiya miqdorini o‘zi belgilaydi. Masalan, “Maxim” va “Poehali”da foiz buyurtmani olish usuliga bog‘liq. oldindan yoki avtomatik tarzda tayinlangan bo‘lsa — eng past. Tavsiyalar, zanjir orqali, ro‘yxatdagi so‘rov bo‘yicha olingan bo‘lsa — ancha baland.

Avtomobiliga servis reklamasi tushirilgan haydovchilar, olish usulidan qat’i nazar, barcha buyurtmalar uchun minimal foizga ega bo‘ladi. Tafsilotlar “Avtomobildagi reklama” bo‘limida.

Komissiya hisobdan avtomatik tarzda yechib olinadi. Foizni buyurtma narxi ustiga bosish orqali bilish mumkin.

Bunday shartlar ko‘pchilik shaharlarda amal qiladi, ammo hududga qarab farqlanishi mumkin.

Daromad va komissiya haqidagi tafsilotlar shaxsiy kabinetdagi “Statistika” bo‘limida.

Chatlar

Ushbu sahifada chatlar va “E’lonlar” bo‘limi joylashgan.

“E’lonlar”da ma’muriyat aksiyalar, ishdagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqidagi muhim axborotni e’lon qiladi. Ma’muriyat bilan bog‘lanish — savol berish, yordam olishni onlayn tarzda, ofisga kelmasdan amalga oshirish mumkin. Buning uchun Taxsee Driver ilovasida shaxsiy kabinetdan yoki bog‘lanish bo‘limidan foydalaning.

Haydovchilar chatlari 3 ta kanalga bo‘linadi:

  • “Umumiy suhbatlar” muloqot uchun mo‘ljallangan;
  • “Yo‘ldagi vaziyat” — tirbandliklar, avtohalokatlar, harakat yo‘nalishlari haqidagi axborot uchun;
  • “Eskibozor” — oldi-sotdilar haqidagi e’lonlar uchun. Bo‘limga alkogol yoki narkotik moddalar haqidagi xabarlarni joylashtirish taqiqlanadi.

Mijoz va operator bilan chatlar faqat buyurtmani bajarish chog‘ida ochiq bo‘ladi.

Chatlarda quyidagilar mumkin emas:

  • so‘kish, shu jumladan, niqoblangan so‘kishni ishlatish;
  • mahsulotlar, xizmatlar va boshqa taksi xizmatlarini reklama qilish;
  • provokatsiyalar uyushtirish, taksi buyurtma qilish xizmatiga qarshi norozilik aksiyalariga da’vat qilish;
  • narxlarni, ofis va umuman taksi buyurtma qilish xizmati ishini muhokama qilish yoki tanqid qilish.

Qoidalarning buzilishi foydalanishning cheklanishiga olib kelishi mumkin. Chatlardan to‘g‘ri foydalaning, ma’lumotni u o‘rinli bo‘gan bo‘limlarga yozing. Xushmuomala bo‘ling, boshqa ishtirokchilarni haqorat qilmang.

Klining

Рекомендуем посмотреть короткое обучение работе с заказами в приложении.

Tozalashni amalga oshirish uchun o‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, almashtirish uchun oyoq kiyim, tozalash uchun asboblar oling.

Ishni sifatli bajarishga yordam beradigan maslahatlar

  1. Asboblar toza bo‘lishi kerak. Turli yuzalarda sinab ko‘rilgan tozalash vositalarini oling, aks holda buyumlarga zarar yetkazish mumkin.

  2. Yuzaning va ishning turiga to‘‘ri keladigan sochiqlardan foydalaning. Mikrofibra — ajoyib tanlov.

  3. Respirator yoki niqob taqib, rezina yoki paxtalik qo‘lqop kiying. Bu terini va nafas organlarini maishiy kimyodan himoya qiladi.

  4. Tozalashni boshlashdan avval choyshablarni yuvishga qo‘ying, idish-tovoqlarni iviting, eski dog‘larga tozalash vositalaridan seping, vannaga chang gilamchalarni solib, suv va kukun quying. Bu vaqtni tejashga yordam beradi.

  5. Gilamni tozalash uchun sochiq va gubka emas, changyutgich ishlating. Gilamni ko‘chaga qoqib, uyni tozalagandan keyin to‘shagan yaxshiroq. Tozalab bo‘lganingizdan keyin uni to‘shang.

  6. Tartibga keltiring, buyumlarni joy-joyiga qo‘ying, axlatni yig‘ing.

  7. Yuzalarni dastlab nam sochiqda, keyin esa quruq sochiqda arting.

  8. Tozalashni tepadan: ship, plafon, qandillardan boshlang. Keyin tumba, shkaf, stollarni arting. Oxirgi bo‘lib polni artgan ma’qul.

  9. Boshqa xonalarni tozalab bo‘lganingizdan keyin vannaxonaga o‘ting.

Ozoda kiyinishni, xushmuomala bo‘lishni, suhbatga kirishmaslikni tavsiya qilamiz. Nizoli vaziyatda xotirjamlikni saqlab, murosaga kelishga harakat qiling. Axloq qoidalariga rioya qiling.

Tozalashni amalga oshirish chog‘ida quyidagilar mumkin emas:

  • buyurtmaga boshqa ijrochini yuborish;

  • buyurtmani bajarishga begona odamlar bilan kelish;

  • buyurtmani bajarishga alkogol yoki narkotik mast holatda kelish;

  • buyurtmani ilovada bekor qilib, haqiqatda esa uni bajarish. Bunday bekor qilishlarni aniqlab olish oson, vijdonsiz ijrochilar bilan hamkorlik to‘xtatiladi;

  • boshqa mijozlar haqida gapirib berish, manzil va ism-shariflarini aytish;

  • shkaf va tumbalarni mijozning ruxsatisiz ochish;

  • shaxsiy buyumlarga tegish, interyer buyumlarining joyini mijozning ruxsatisiz o‘zgartirish;

  • ish joyini mijozni ogohlantirmasdan, uzrli sababsiz tark etish.

Yakunda mijoz ishingizni baholashi mumkin. Yaxshi baho ko‘p jihatdan sizning muomalangizga va tozalashni qanchalik halol qilganingizga bog‘liq.

Siz buyurtma uchun keldingiz, ammo mijoz aloqaga chiqmayapti — nima qilish kerak

5 daqiqa kuting. Bu vaqtda mijozga qo‘ng‘iroq qilib ko‘ring. Qo‘ng‘iroqlarning tavsiya etilgan soni — 4 tadan boshlanadi. Agar haliyam javob bo‘lmasa, menyuni oching — “Harakatlar” → “Buyurtmani bekor qilish” → “Mijoz buyurtmani bekor qildi”. Izohga “Mijoz aloqaga chiqmayapti” deb yozing.

Uy ustasi

Рекомендуем посмотреть короткое обучение работе с заказами в приложении.

Mijoz quyidagilarni buyurtma qilishi mumkin:

  • elektrik xizmatlari: rozetkani, o‘chirib-yoqqichni, chiroqni o‘rnatish, elektr simidagi nosozlikni aniqlash va tuzatish.

  • santexnik xizmatlari: smesitelni, moykani almashtirish, tiqilishni, oqishni bartaraf qilish, tirqishlarni germetikalash.

  • ta’mirlashda yordam: ko‘zgu, rasm, parda uchun karniz, televizor, shkafchalar, javonlarni ilish.

Buyurtmaga yozilgan izohni diqqat bilan o‘qing. Ba’zan maxsus bilimlar kerak. Masalan, elektrik yoki santexnik tizimlarni qanday ta’mirlash yoki sozlash.

O‘zingiz bilan quyidagilarni oling:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

  • maxsus kiyim, agar bo‘lsa;

  • almashtirish uchun oyoq kiyim;

  • asbob-uskunalar.

Ishni sifatli bajarishga yordam beradigan maslahatlar

  1. Muammoni aniqlang, ishning hajmini baholang va bajarish rejasini tuzing.

  2. Agar suvni yopish yoki elektr tokini o‘chirish kerak bo‘lsa, mijozni bu haqda ogohlantiring.

  3. Xavfsizlik texnikasiga rioya qiling.

  4. Ehtiyotkorlik bilan ishlang. Mijozning mulkini asrang.

  5. Ishni bitirgandan keyin chiqindilarni yig‘ib oling.

Ozoda kiyinishni, xushmuomala bo‘lishni, suhbatga kirishmaslikni tavsiya qilamiz. Nizoli vaziyatda xotirjamlikni saqlab, murosaga kelishga harakat qiling. Axloq qoidalariga rioya qiling.

Buyurtmani bajarish chog‘ida quyidagilar mumkin emas:

  • buyurtmaga boshqa ijrochini yuborish;

  • buyurtmani bajarishga begona odamlar bilan kelish;

  • buyurtmani bajarishga alkogol yoki narkotik mast holatda kelish;

  • buyurtmani ilovada bekor qilib, haqiqatda esa uni bajarish. Bunday bekor qilishlarni aniqlab olish oson, vijdonsiz ijrochilar bilan hamkorlik to‘xtatiladi;

  • boshqa mijozlar haqida gapirib berish, manzil va ism-shariflarini aytish;

  • shkaf va tumbalarni mijozning ruxsatisiz ochish;

  • shaxsiy buyumlarga tegish, interyer buyumlarining joyini mijozning ruxsatisiz o‘zgartirish;

  • ish joyini mijozni ogohlantirmasdan, uzrli sababsiz tark etish.

Yakunda mijoz ishingizni baholashi mumkin. Yaxshi baho ko‘p jihatdan sizning muomalangizga va buyurtmani qanchalik halol bajarganingizga bog‘liq.

Birinchi soat to‘liq to‘lanadi, undan keyin — daqiqabay hisob-kitob. Buyurtma yakunlangach, mijoz to‘lagan barcha summani ko‘rsating.

Komissiya haqidagi ma’lumotni “Komissiya” bo‘limidan olasiz.

Yetkazib berish

Yetkazib berish bo‘yicha 2 ta tarif bor: “Sotib olamiz va yetkazamiz” va “Kuryer”. Ba’zi mamlakatlarda tariflar nomlari farqlanishi mumkin.

“Sotib olamiz va keltiramiz”

Oziq-ovqatlar, dorilar va boshqa mahsulotlarni sotib olish va yetkazish kerak.

Xizmat narxiga do‘konga borish va eshikkacha yetkazib berish kiritilgan.

Buyurtmani sifatli bajarishga yordam beradigan maslahatlar:

  1. Mahsulotlarni faqat ishonchli joylardan sotib oling. Metroda, savdo markazi xollida yoki shunchaki ko‘chada hech narsa sotib olmang.

  2. Agar do‘kon manzili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, eng yaqinini tanlang.

  3. Zarur mahsulot bo‘lmasa, mijoz bilan bog‘lanib, o‘rniga nima olishni so‘rang.

  4. Albatta chekni oling. Undagi sana xarid kuni bilan mos tushishi kerak.

Рекомендуем посмотреть короткое обучение работе с заказами в приложении.

“Kuryer”

Hujjatlar, posilkalar yoki mahsulotlarni tashish. Yuboruvchidan posilkani olib, qabul qiluvchiga topshirish kerak.

Mijozning oldiga borganingizda unga qo‘ng‘iroq qilib, yetib kelganingizni ayting.

Agar “Eshikdan eshikkacha” ustamasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, yuboruvchining oldiga borib, posilkani oling va qabul qiluvchining uyiga yoki ofisiga yetkazing.

Posilkaga talablar:

  • avtomobil saloni yoki yukxonasiga bemalol sig‘adi;

  • 20 kg.dan og‘ir emas

Agar posilka talablarga mos bo‘lmasa, mijozga bekor qilish sababini tushuntiring va buyurtmani quyidagi sabab bilan bekor qiling: “Mijozning talablarini bajara olmayman”.

Buyurtmani sifatli bajarishga yordam beradigan maslahatlar:

  1. O‘ramni tekshiring. Agar u yirtilgan, ochilgan, g‘ijimlangan bo‘lsa, yuboruvchining oldida posilkani suratga tushiring.

  2. Agar siz posilkani do‘kondan olmasangiz, ichini ko‘rsatishni so‘rang. U buyurtmaga yozilgan izohlarga mos tushishi kerak.

  3. Buyurtmani bajarish uchun o‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni oling.

  4. Agar mijozga boriladigan yo‘l qiyin bo‘lsa, uchrashuv joyi haqida kelishib oling.

  5. Toza ko‘rinishda bo‘lib, xushmuomalalik va hurmat bilan gaplashishni, sergap bo‘lmaslikni tavsiya etamiz. Nizoli vaziyatda bosiqlik bilan murosaga kelishga harakat qiling. Agar mijoz tovon puli talab qilsa, ma’muriyatga yetkazishingizni ayting va “Bog‘lanish”ga yozing. Odob qoidalariga rioya qiling.

Quyidagilar mumkin emas:

  • buyurtmaga boshqa ijrochini yuborish;

  • buyurtmani bajarishga alkogol yoki narkotik mast holatda kelish;

  • buyurtmani ilovada bekor qilib, haqiqatda esa uni bajarish. Bunday bekor qilishlarni aniqlab olish oson, vijdonsiz ijrochilar bilan hamkorlik to‘xtatiladi;

  • boshqa mijozlar haqida gapirib berish, manzil va ism-shariflarini aytish;

  • mijozning ruxsatisiz o‘ramni ochish;

  • pul, qimmatbaho taqinchoqlar, hayvonlar, qurol, narkotiklar, portlovchi moddalar va xizmat ko‘rsatilayotgan mamlakat qonunlari bilan taqiqlangan boshqa narsalarni tashish.

Yakunda mijoz ishingizni baholashi mumkin. Yaxshi baho ko‘p jihatdan sizning muomalangizga va yetkazib berishni qanchalik halol bajarganingizga bog‘liq.

Mijoz aloqaga chiqmasa, nima qilish kerak

5 daqiqa kuting. Bu vaqt ichida mijozga qo‘ng‘iroq qilib tushishga harakat qiling. Kamida ikki marta qo‘ng‘iroq qilish tavsiya etiladi.

Agar qabul qiluvchi bilan bog‘lana olmasangiz, yuboruvchiga qo‘ng‘iroq qilib, posilkani nima qilishni aniqlashtiring. Balki, posilkani qaytarib berishga yoki siz bilan bog‘langunlaricha o‘zingizda qoldirishingizga to‘g‘ri kelar.

Qo‘ng‘iroqqa javob bo‘lmasa, buyurtma ekranida “Harakatlar” → “Buyurtmani bekor qilish” → “Mijoz buyurtmani bekor qildi”ni bosing. Izohlarda “Mijoz aloqaga chiqmayapti” deb yozing.